“Nasaf” Elit OChLdagi 4-oʻyinida ham magʻlubiyatga uchradi
OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur oʻyinlari start oldi. Oʻzbekiston chempioni — Qarshining “Nasaf” jamoasi oʻz maydonida BAAning “Al-Vahda” klubini qabul qildi.
Uchrashuv bugun, 3-noyabr kuni Qarshidagi Markaziy stadionda boʻlib oʻtdi. Keskin kurashlar ostida oʻtgan bahsda mezbonlar soʻnggi daqiqalarda 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Birinchi boʻlimda “Nasaf” vakillari tashabbusni qoʻlga oldi va 42-daqiqada Sardor Bahromov jarima maydoni ichidan yoʻllagan aniq zarbasi bilan hisobni ochdi — 1:0.
Ikkinchi boʻlim avvalidan boshlab mehmonlar faol oʻyin namoyon etdi. 52-daqiqada “Al-Vahda” hujumchisi Favor Ogbu jarima maydonidagi shiddatli vaziyatdan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Oʻyin oxirida “Nasaf”da bir necha bor yaxshi imkoniyatlar boʻldi, ammo raqib soʻnggi daqiqalarda gʻalabani tortib oldi. 89-daqiqada BAA klubi yarimhimoyachisi Kayo aniq zarba bilan “Nasaf” darvozasini ishgʻol etdi — 1:2.
Bu Roʻziqul Berdiyev jamoasining musobaqadagi qatorasiga toʻrtinchi magʻlubiyati boʻldi. Hozirda “Nasaf” turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni band etib turgan boʻlsa, “Al-Vahda” 10 ochko bilan peshqadamlar safida ketmoqda.
Maʼlumot uchun, “Nasaf” keyingi oʻyinni 24-noyabr kuni oʻz maydonida Eronning “Traktor S.C.” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring