“Nasaf” Elit chempionlar ligasidagi ishtirokini gʻalaba bilan yakunladi

11:09 17 Fevral 2026 Sport
245 0

Kecha, 16-fevral kuni OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 8-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidagi bahsda Qarshining “Nasaf” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida mahalliy “Al-Sharja” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida Roʻziqul Berdiyev jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 30-daqiqada Bobur Abduholiqov tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 80-daqiqasida “Nasaf” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan mezbonlar hujumchisi Kayo aniq zarba yoʻllab, hisobni tenglashtirdi. 85-daqiqada esa Diyor Abdunazarov ajoyib harakatlardan soʻng hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi.

Oʻyin “Nasaf”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa jamoa uchun OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasi yakunlandi. Qarshi klubi turnirda 4 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер