NASA kosmosdan olingan “kamalak” suratini eʼlon qildi
NASA tarixda ilk bor kosmosda olingan “kamalak” tasvirini eʼlon qildi. Bu rang-barang surat AQSHning PUNCH (Polarimeter to Unify the Corona and Heliosphere) deb nomlangan yangi kosmik missiyasi doirasida olingan boʻlib, uchta alohida kamera tomonidan yuborilgan fotosuratlarni birlashtirish orqali yaratilgan. Bu haqda tashkilot oʻz saytida xabar berdi.
Bu tasvirda Quyosh atrofida aylanayotgan changʻ zarralarining murakkab yorugʻlik nurlari aks etgan. Ranglar yorugʻlikning kuch va yoʻnalishini ifodalaydi. Olimlarning bildirishicha, ushbu tasvir Quyosh shamolining harakati va yoʻnalishi toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlarni anglashda muhim manba hisoblanadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, PUNCH — NASAning birinchi 3D missiyasi boʻlib, Quyoshning tashqi qatlami qanday qilib shamolga aylanishini oʻrganadi.
Missiya doirasida toʻrtta kichik sunʼiy yoʻldosh Yerga yaqin orbitada harakatlanib, Quyosh atrofidagi zaryadlangan zarralar va magnit maydonlardan iborat himoya hududining toʻliq 3D tasvirini yaratishni maqsad qilgan.
NASA maʼlumotlariga koʻra, bu rasmlar nafaqat Quyosh shamolini oʻrganishga, balki PUNCH missiyasi kameralarining toʻgʻri ishlayotganini ham tasdiqlashga yordam berdi. Shuningdek, bu “kamalak” — PUNCH sunʼiy yoʻldoshlaridan biri tomonidan olingan uchta fotosuratni ketma-ket birlashtirish orqali yuzaga kelgan.
2025-yil mart oyida ishga tushirilgan ushbu missiya taxminan ikki yil davom etadi. Olimlar ushbu loyiha orqali Quyoshning tashqi muhiti, zaryadlangan zarralar harakati va ularning Yerga taʼsiri haqida yanada toʻliq tasavvurga ega boʻlishni maqsad qilishmoqda.
Mashhura BAXRINOVA tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring