Namanganlik tadbirkor dengiz sathidan 2100 metr balandlikda turistik majmua qurdi

Fargʻona vodiysi darvozasi - Qamchiq dovoni boʻylab sayyohlik obyektlari yildan-yilga koʻpaymoqda. Togʻlar bagʻrida, dengiz sathidan 2100 metr balandlikda qurib bitkazilgan yana bir inshoot - “Oqtepa House” turizm majmuasi tarkibidagi zamonaviy mehmonxona va dam olish maskani sayyohlarning yilning toʻrt faslida xizmat koʻrsatadi.
Tabiiyki, relyefi noqulay boʻlgan ushbu hududda qurilish ishlarini olib borish oson emas. Bu ishga qatʼiyat va dadillik bilan qoʻl urgan tadbirkor Kamoliddin Fayozov loyiha uchun 2 milliard soʻm miqdorida shaxsiy mablagʻi va bankning 2 milliard soʻm kreditini yoʻnaltirdi. Sayyohlik maskanida bir paytning oʻzida 130 kishi hordiq chiqarish imkoniyatiga ega. Kelgusi oydan toʻla faoliyat boshlaydigan majmuada 20 kishi uchun ish joyi yaratildi.
Namangan viloyat turizm va sport boshqarmasi maʼlumotlariga qaraganda, joriy besh yillikda Pop tumanida 340 gektar maydonda 185 ta loyiha hayotga tadbiq etilishi rejalashtirilgan. 5 ta mehmonxona, 25 ta kemping, 40 ta dam olish maskani, 85 ta mehmon uyi va boshqa qator turizm infratuzilmalaridan iborat ushbu loyihalar ijrosiga qariyb 200 milliard soʻm investitsiya yoʻnaltiriladi. Ular yakuni bilan vujudga keladigan doimiy mehnat oʻrinlari esa 1 ming 200 tadan ortadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring