Namanganda tabiiy gaz isteʼmolchilarining oʻgʻrincha harakatlari fosh etildi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Yoqilgʻi-energetika resurslari xalq boyligi, uni qonunda belgilangan holda tasarruf qilish barchamizning burchimiz. Biroq, oramizda shu oddiy haqiqatni unutgan isteʼmolchilar uchrayotgani achinarli.
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanining Qurama mahallasida issiqxona xoʻjaligini yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor Orifjon Boltaboyev yashirincha 22 millimetrli qoʻshimcha polietilen quvur tortib, tabiiy gazni oʻgʻrincha ishlatib kelayotgani aniqlandi. Nazoratchilar joriy yilning 14-oktyabr kuni tadbirkorning qingʻir ishini oshkor qildi.
Mutaxassislar qonunbuzarning issiqxonadagi toʻrtta isitish qozoniga foydalanib kelgan tabiiy gaz hajmini qayta hisob-kitob qildi: oz emas, koʻp emas 716 ming kubometr chiqdi. Buni pulga chaqilsa 3,2 milliard soʻmga toʻgʻri keladi. Holat boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzilib, huquq idoralariga topshirildi.
– Bunday qingʻirliklar koʻpayotgani tashvishlanarli, – deydi “Hududgaz” Namangan viloyat filiali boʻlim boshligʻi Elyor Inoyatov – Xususan, joriy yilning toʻqqiz oyi mobaynida viloyat boʻyicha oʻtkazilgan reyd va nazorat tekshiruvlari chogʻida 919 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Ularning gaz xoʻjaligiga keltirgan zarari 6,8 milliard soʻmdan oshadi. Ajablanarlisi, ular orasida tadbirkorlik subyektlari anchagina.
Yuqoridagi tadbirkorlarga davlatimiz yaratib berilayotgan yengillik va imtiyozlar kamlik qilmayaptimi? Insofi borning barakasi bor. Shuni unutmaylik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring