Namanganda ona-bolani qoramol suzib, tan jarohati yetkazdi
Videodan kadr
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida 36 yoshli ayol va uning 2 yashar farzandini qoramol suzib, tan jarohati yetkazdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 16-iyul kuni soat 18:47 da Yangiqoʻrgʻon tumani “Barkamol” mahallasida roʻy bergan. Ushbu mahallada yashovchi 1968-yilda tugʻilgan fuqaro A.O. qoramollarni boshqa hududdagi yer maydonidan yashash uyiga olib kelayotgan vaqtda, koʻchada oʻynab yurgan 2023-yilda tugʻilgan X.R. va uni himoya qilmoqchi boʻlgan onasi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro A.D.ni suzib, tan jarohati yetkazgan.
Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining 22-iyuldagi xulosasida fuqaro A.D.ga oʻrtacha ogʻir va voyaga yetmagan R.X.ga yengil tan jarohati yetkazilgani koʻrsatilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Namangan filialining maʼlum qilishicha, jabrlanuvchilarga shu yilning 18-iyul kuni yashash uyiga ruxsat berilgan, hozirda ular oʻz uyida ambulator sharoitda davolanmoqda.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring