Namanganda MIB xodimlari bodi kameradan foydalana boshladi
Majburiy ijro byurosi shahar va tuman boʻlimlariga yigirmaga yaqin bodi kameralar topshirildi. Tizimda joriy etilgan bu qurilmalar xizmat davomida uchrashi mumkin boʻlgan noqulay holatlarning oldini olishga qaratilgan boʻlib, xodimlar ijro jarayonlari chogʻida, aytaylik, uydan chiqarish yo kiritish, “snos” kabi tomonlar qarshiligiga uchrash ehtimoli yuqori boʻlgan vaziyatlarda qoʻl keladi.
-Avvalroq har birimizga planshetlar berilgan edi, ular mahallabay kesimida ish olib borishda yaxshi samara beryapti, -deydi Davlatobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi Omadbek Ergashev. — – Bunda ijroga qaratilgan obyektni foto va videoga olish, monitor markazidagi mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashish imkoniyati yaratilgan. Endilikda qoʻllanilayotgan bodi kamera esa byuro xodimlarining fuqarolar bilan odob-axloq normalariga rioya etgan holda muomala qilishini taʼminlash hamda noxush holatlarning oldini olishda katta rol oʻynaydi.
Taʼkidlash lozimki, faoliyat chogʻida MIB xodimlariga nisbatan qarshilik koʻrsatish koʻrinishlari koʻp boʻlmasada uchrab turadi.Shunday paytda bodi kameradan foydalanish ijrochilarga asqotadi. Belgilangan tartibga koʻra, xodimlar qurilmani har doim oʻzi bilan birga olib yurmaydi. U zarurat tugʻilgan holatlarda taqib olinadi va yozilgan har bir xatti-harakat sudda dalil vazifasini oʻtaydi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring