Namanganda mast fuqaro janjal sabab tanishini urib oʻldirdi
Namanganda mast fuqaro janjal sabab tanishini urib oʻldirdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, 2021-yil 6-avgust kuni soat 17:30 larda, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan fuqaro Norin tumani hududida joylashgan milliy taomlar oshxonasida mast holda tanishi, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan fuqaro bilan oʻzaro janjallashib, yuz sohasiga qoʻli bilan urganida, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan fuqaro boshi bilan yerga yiqilgan. Natijada, fuqaro shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, fuqaro bosh miya ogʻir yopiq shikasti, bosh miyaga keng koʻlamda qon quyulishi, yuqori nafas yoʻllariga qusuq modda berkilishi, alkogol mastlik holati asorati, oʻtkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi, oʻpka va miya shishi natijasida vafot etganligi koʻrsatilgan.
Ushbu holat boʻyicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 6-avgust kuni Oʻz.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring