Namanganda DXX viloyat boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun sport musobaqalari boshlandi

16:48 11 May 2021 Sport
1665 0

Viloyat markazidagi «Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasida sport bellashuvlarining ochilishi marosimi boʻldi. Davlatimiz rahbarining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni doirasidagi ushbu musobaqalarda uyushmagan yoshlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan 18-30 yoshdagi erkak va xotin-qizlar ishtirok etadilar. Dastlabki bosqichda mini-futbol va shaxmat bahslariga qurʼa tashlandi.

Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?