Namanganda “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro voleybol chempionati start oldi
Namangan yana bir nufuzli sport anjumaniga mezbonlik qilmoqda. Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida Markaziy Osiyo mintaqasida oʻtkazib kelinayotgan “Buyuk Ipak Yoʻli” CAVA Army and Police Volleyball Championship xalqaro voleybol musobaqasiga start berildi.
Mazkur chempionatda CAVA — Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasiga aʼzo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridan tuzilgan jamoalar kuch sinashmoqda. Bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlari, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan 120 nafardan ziyod mahoratli sportchi ishtirok etmoqda.

— Jismoniy chiniqishda muhim oʻrin tutadigan voleybol ommaviyligi jihatdan ham katta ahamiyatga ega, — deydi viloyat voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Aʼzamjon Ahmadaliyev. — Ushbu musobaqa Namangan uchun ham, mintaqa sporti uchun ham muhim xalqaro tajriba maydoni hisoblanadi. Buni jamoalarning saralash bahslarida koʻrsatayotgan mahorat va natijalar ham tasdiqlamoqda.
Xalqaro musobaqa haftaning payshanba kunigacha davom etadi va gʻolib jamoalar munosib sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring