Namanganda aholi uylaridan biri yonib ketdi
Videodan kadr
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan xonadonlardan birida yirik yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 10-dekabr kuni soat 18:28 da Toʻraqoʻrgʻon tumani “Kichik Qoʻrgʻoncha” MFY hududidagi xonadonlarni birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida FVBga xabar tushgan.
Shunga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 18:35 da voqea joyiga yetib borib, 18:51 da alangani bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida xonadonning shift va tom qismidan 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan. Hodisa tufayli kuyib tan jarohati olish holati yuzasidan maʼlumot kelib tushmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring