Namanganda 15 mlrd soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Foto: DXX
Namangan viloyatida 15 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonga noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qoʻyish maqsadida DXX xodimlari tomonidan Prokuratura departamenti hamda Bojxona organlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.
Jumladan, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1986-yilda tugʻilgan shaxs davlat reyestridan oʻtmagan, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, Hindistonda ishlab chiqarilgan 2100 dona qutidagi “Ferromed” nomli dori vositasini “shartli” xaridorga 168 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 4296 qutidagi “Ferromed” dori vositasi olingan. Baholash hisobotiga koʻra, jami 6396 qutidagi dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 223 mln soʻmni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³ -moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan shahrida aniqlangan holatda dori vositalari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ ombor mudiri va uning 2 nafar tanishiga qarashli 3 ta noturar bino koʻzdan kechirilgan.
Natijada tegishli hujjatlari boʻlmagan, taxminiy qiymati 12,8 mlrd soʻmdan ortiq, 2307 turdagi, jami 195,323 dona kontrafakt dori vositalari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizalari tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Namangan shahri va Uychi tumanidagi 2 ta “yashirin ombor”dan xorijda ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 1,2 mlrd soʻmlik, 128 turdagi jami 45,641 dona dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Taʼkidlanishicha, sifat sertifikatlariga ega boʻlmagan ushbu dori vositalarining ayrimlarini yaroqlilik muddati oʻtgan. Hozirda ushbu dori vositalari ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring