Namanganda 1,1 mlrd soʻmlik oltinni chegaradan noqonuniy olib oʻtgan shaxs ushlandi

19:58 04 Dekabr 2025 Jamiyat
336 0

Foto: DXX

Oʻzbekistonga Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali, qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan koʻp miqdordagi qimmatbaho metall savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi, Chegara qoʻshinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan fuqaro togʻasi 1988-yilda tugʻilgan shaxsning koʻrsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib oʻtib, Qirgʻizistondan mamlakatimiz hududiga taxminiy summasi 1,1 milliard soʻm boʻlgan umumiy ogʻirligi 1 kilogramm 168 gramm miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor maʼlumot olingan.

Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?