Namangan viloyati va TDAU oʻrtasida hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolandi
Namangan viloyati hokimligi va Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasida ilmiy, oʻquv, texnik va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ilm-fan yutuqlari va zamonaviy bilimlarni ishlab chiqarish sohasiga integratsiya qilishga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, kelishuv doirasida qishloq xoʻjaligi, manzarali bogʻdorchilik, gulchilik, koʻchat yetishtirish, meva-sabzavotchilik, asalarichilik, chorvachilik va ipakchilik kabi yoʻnalishlarda yetuk mutaxassislar tayyorlash masalalari belgilab olindi.

Mazkur hamkorlikka muvofiq, Namangan viloyati va universitet oʻrtasida agronomiya, yangi navlarni joriy etish, oʻsimliklarni himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kabi dolzarb yoʻnalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma tashabbuslar amalga oshiriladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish borasida hamkorlik kuchaytiriladi.
Kelishuv hujjatiga joriy yilning 29-may kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomurodov imzo chekdi.
Bu tashabbus viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasining yanada ilmiy asoslangan rivojlanishiga zamin yaratishi, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun amaliy bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash imkonini berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring