Namangan futbol maktabi Italiyaning “Roma” klubi hamkorlik qiladi

23:07 15 Oktyabr 2021 Sport
1935 0

Namangan viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Italiyaning “Roma” klubi tijoriy masalalar boʻyicha direktori Marko Dominiks hamda Ispaniyaning IMG kompaniyasi vakili Karloz Perez ishtirokida videomuloqot oʻtkazdi.

Muloqot davomida xorijliklar Oʻzbekistonda, xususan Namanganda futbol sohasini yanada rivojlantirish, Namangan futbol maktablari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash, Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yuzasidan xabardor qilindi.

Muzokaralar davomida Namangan futbol mahorat maktabi hamda “Roma” klubi oʻrtasida futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻnalishida oʻzaro tajriba almashish, qoʻshma seminar va treninglar tashkil etish, Namanganlik futbol murabbiylarini “Roma” futbol klubida malaka oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, Namangan va Rim klubining yoshlar jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?