Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin

11:26 27 Noyabr 2021 Jamiyat
1118 0

“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun (OʻRQ–732-son, 26.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, muzeylar taʼsis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.

Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablagʻlar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos boʻlmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?