Mutlaq rekord: Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 66 milliard dollardan oshdi

16:36 08 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
371 0

2026-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 66,31 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqida Markaziy bankning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotida keltirildi.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi oyda zaxiralar 5,08 milliard dollarga yoki 8,3 foizga, yil boshidan buyon esa 61 foizga koʻpaygan. Bunday yuqori koʻrsatkich respublika tarixidagi mutlaq rekord sanaladi. Xususan, zaxiralardagi oltin qiymati 55,09 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning hajmi ham oshib, 12,6 million troy unsiyaga teng boʻlgan.

Shuningdek, zaxiralardagi valyuta hajmi 10,64 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi hisob raqamlaridagi valyuta zaxiralari miqdori 1,48 milliard dollar, xorijiy banklarda esa 7,63 mlrd dollargacha yetgan. Qimmatli qogʻozlar qiymati esa 5,3 million dollarga ortib, 1,53 milliard dollarga koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?