Muntazam qaynoq choy ichish jiddiy xastaliklarga sabab boʻladi — olimlar
Mutaxassislar issiq choy ichishning xavfli oqibatlarini sanab oʻtdilar.
Turkiyaning “Cumhuriyet” gazetasining yozishicha, olimlar bir necha yil davomida tez-tez 65 ° C dan yuqori haroratda choy ichib yurgan 500 ming kishini kuzatib borgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu odat tufayli qiziloʻngach saratonining rivojlanish ehtimolini oshgan.
“Tadqiqotlarga koʻra, Turkiyaning sharqida, Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekistonda choy va issiq ichimliklarni tez-tez isteʼmol qilish sababli qiziloʻngach saratoni juda tez-tez kuzatilmoqda”, dedi gastroenterolog, professor Vedat Geral.
Shifokorning qoʻshimcha qilishicha, sigareta va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish bu xavfni yana-da oshiradi.
“Agar chekuvchi tez-tez issiq choy ichsa, unda saraton kasalligi xavfi ikki baravar, u spirtli ichimlik ham ichsa, u holda besh marta koʻpayadi”, deydi mutaxassis.
Shu bois mutaxassis idishni qoʻlda tutib boʻlmaydigan darajadagi issiq choyni ichmaslikni maslahat bermoqda.
“Eng yaxshisi, bir necha daqiqa kutib turing, ichimlik soviydi. Bundan tashqari, kuniga uch-toʻrt stakandan koʻproq ichmang”, deydi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring