Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni – xalqaro kuzatuvchilar nigohida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik tobora qizg‘in pallaga kirib, 14 oktyabrdan eʼtiboran muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi. Mazkur jarayonni kuzatish maqsadida YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi hamda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi aʼzolari hududlarda bo‘lib, saylovning xalqaro standartlar va demokratik tamoyillarga mos ravishda o‘tkazilayotganini eʼtirof etmoqdalar.
- Navoiy viloyatida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari hamda saylovga tayyorgarlikning borishi bilan tanishib, bu muhim siyosiy voqelikka yuksak masʼuliyat bilan hozirlik ko‘rilganligini kuzatyapmiz, - deydi MDH saylovlarni kuzatish missiyasi aʼzosi Denis Varganov. - Barcha saylov uchastkasida saylovchilar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun zarur sharoit yaratilgani, saylov kuni maʼlum bir sabab bilan unda ishtirok eta olmaydigan fuqarolarning muddatidan oldin kelib, o‘z ovoz berish huquqidan foydalanayotgani jamiyatda yetarli darajada siyosiy madaniyat shakllanganini tasdiqlaydi. Shuningdek, saylovoldi targ‘ibot va tashviqot ishlari ham tenglik tamoyillari, pandemiya sharoitda sanitariya- epidemiologiya talablariga qatʼiy amal qilingan holda olib borilmoqda.
Xalqaro kuzatuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, komissiya aʼzolaridan o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring