Muborak issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

16:33 14 Iyul 2023 Iqtisodiyot
1660 0

Elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. 

Stansiyaning umumiy maydoni 1,3 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1780 tadan ortiq quyosh panellari o‘rnatildi. 

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida markazda yiliga qo‘shimcha 2,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.  

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер