“Muammolarni hal etish, yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularni oldini olish va davolash boʻyicha dastur ishlab chiqilib, mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi” — Prezident

17:00 09 Noyabr 2021 Siyosat
590 0

Davlatimiz rahbari videoselektor yigʻilishida tizimdagi muammolarni hal etish boʻyicha yangi mexanizm yaratilishi haqida toʻxtalib oʻtdi:

— Yuqorida koʻrsatilgan muammolarni hal etish, yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularni oldini olish va davolash boʻyicha dastur ishlab chiqilib, mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi.

Xususan, quyidagi choralar koʻriladi:

— kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) oilaviy poliklinika va tibbiy brigadalar orqali yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan oʻtkaziladi;

— tuman laboratoriyalari koagulometr va zarur reaktivlar bilan taʼminlanadi;

— yurak-qon tomir kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi;

— yurak-qon tomir kasalliklari uchun enalapril kabi dorilar doimiy ravishda 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

— tumanlardagi har bir mahallada “gipertoniya salomatlik maktablari”ni tashkil etiladi;

— oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda hamshiralarning vazifalari ham qayta koʻrib chiqilib, ularning funksiyalari kengaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?