MSK Raisi: joylarda Prezident saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglari va saylov uchastkalari tuzilib, saylovga tayyor holga keltirildi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtgan davr mobaynida Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishga doir 19 ta qaror va jami 15 ta normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Shu bilan birgalikda, joylarda Prezident saylovini oʻtkazuvchi 14 ta saylov okruglari va 10 760 ta saylov uchastkalari tuzilib, saylovga tayyor holga keltirildi.
Bu haqda Xalqaro media-xollda “Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzuidagi konferensiyada Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev maʼlum qildi.
Tadbirda qayd etilganidek, MSK tomonidan saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlarning munosib ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta Indikatorlar ishlab chiqildi:
1. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarning aʼzolari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari;
4. Siyosiy partiyaning vakolatli vakillari;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari;
6. Siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar;
7. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar;
8. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan OAV vakillari;
9. Saylov tashkilotchilarini oʻqitish jarayoniga jalb qilingan Respublika trenerlari tarkibida;
10. Ana shunday hududiy trenerlar tarkibida;
11. Saylovchilar.
Ushbu indikatorlar bu yilgi saylov kampaniyasidan boshlab amaliyotga tatbiq qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring