Moskvadagi qurilishda oʻzbekistonlik ishchi kran ustida halok boʻldi

15:34 04 Iyul 2024 Jamiyat
373 0

Rossiyada qurilish maydonida ishlayotgan oʻzbekistonlik kranchi halok boʻldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea Moskvaning Letnikovskaya koʻchasidagi turarjoy majmuasi qurilishida sodir boʻlgan. 44 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi minora krani kabinasida halok boʻlgan. Qutqaruvchilar uning jasadini pastga tushirish uchun 100 metr balandlikka koʻtarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumning vafotiga oʻtkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab boʻlgan. Biroq TASS agentligi manbasiga tayanib, qoʻshimcha qilishicha, ishchidagi yurak xurujiga giyohvand moddalarning dozasi haddan tashqari oshib ketishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida qurilish-montaj ishlari paytida oʻzbekistonlik quruvchi 10 metr balandlikdan qulab, halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер