Moliyaviy savodxonlik boʻyicha nashr etilgan kitoblar taqdimoti
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Plato Books”, “Booky”, “Atiyaj” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari va “Aydinlar” loyihasi tomonidan moliyaviy savodxonlik boʻyicha qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Bodo Sheferning “Pul alifbosi”, Jorj S.Kleysonning “Vavilonning eng boy odami”, Saidmurod Davlatovning “Men va pul” hamda “Tafakkur strategiyasi” kitoblari oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.
Ustoz pedagoglar, kitobxon yoshlar, talabalar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirni institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Yangi kitoblar taqdimotida sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Rustam Saparbayev, tadbirkor Azamat Kaypanov, “Booky” loyihasi asoschisi Azizbek Dabilov soʻzga chiqib, xalqimizning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishi, mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, qoraqalpoq tilida chop etilgan kitoblarning mazmuni bilan tanishtirib, ulardan har bir inson shaxsiy hayotida foydalanishi mumkinligini taʼkidladi.
Tadbir yangi kitoblar yarmarkasi bilan davom etdi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring