“Moʻynoqqa madad” velomarafoniga Xonobodda start berildi
Bugun “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga Andijon viloyatining Xonobod shahrida start berildi. Ekologik xayriya marafonini oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda Orolboʻyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda keng jamoatchilik eʼtiborini dolzarb ekologik muammolar yechimini topishga qaratishdan iborat.
— Ushbu tadbir oʻzining ezgu amali bilan xayrlidir, — deydi tadbir ishtirokchisi Sardorbek Sodiqov. — Respublikamizning eng chekka hududi boʻlmish Xonobod shahridan boshlangan velomarafon Qoraqalpogʻistongacha boʻlgan manzil boʻylab davom etadi. Bu shunchaki tadbir emas, balki, xalqimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat ifodasidir.
Mazkur ekologik xayriya velomarafon doirasida jalb etilgan homiylik hamda xayriya mablagʻlari Moʻynoq tumani Ali-ovul qishlogʻini obod qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring