Mohigul Hamdamova Oʻzbekistonga bronza medalini keltirdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Para yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova bronza medalga sazovor boʻldi. F57 klassida disk uloqtirish dasturida yurtdoshimiz 32.75 metr bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mohigul Hamdamova 1995-yil 2-oktyabrda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. U paralimpiyachi, nayza uloqtirish, disk va yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Avvalroq, Elbek Sultonov Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring