Miyani yoshartirish yoʻli topildi
Miya — inson tanasidagi eng noyob va kam tadqiq etilgan organlardan biri. U bir paytning oʻzida koʻplab murakkab funksiyalarni bajarishga qodir.
Afsuski, vaqt oʻtgan sari inson tanasining boshqa organlari kabi miya ham tabiiy ravishda qariydi. Biroq bugun hayotimizda uchrayotgan koʻplab salbiy omillar taʼsiri tufayli inson miyasi tezroq “keksayayotgandek”...
“eLife” nashrining xabar berishicha, miya oʻz “yoshligi”ni, samarali ishlashini saqlab turish uchun ulkan saʼy-harakat yoki qimmat dorilar shart emas. Buning uchun muntazam jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish va ovqtalanishga toʻgʻri yondashishning oʻzi kifoya. Xususan, isroillik olimlar Oʻrta Yer dengizi yashil parhezini tekshirib, uning samaradorligini isbotladi.
Ben-Gurion universiteti mutaxassislari bir yarim yildan ziyod vaqt davomida 300 nafar kishini kuzatib borgan. Ularning 102 nafari semizlikdan aziyat chekkan.
Kuzatuv davomida olimlar “miya yoshi”ni hisoblab chiqishdi. Qiziqarlisi, aksariyat hollarda sinovdan oʻtayotganlar “miyasining yoshi” ularning shaxsiy hujjatlaridagi yoshidan keskin farq qildi. Eʼtiborlisi, tajriba doirasida agar inson jigarida yogʻ konsentratsiyasi kamaysa, miya yosharishi mumkinligi aniqlandi.
Tabiiyki, bunda parallel ravishda inson vazn yoʻqotadi. Shu bilan birga, miya tuzilmasida ajoyib oʻzgarishlar roʻy beradi. Yaʼni eksperiment davomida inson tanasining vazni 1 foizga kamayganda, miya yoshi deyarli 9 oyga yoshardi.
“DIRECT-PLUS" tadqiqot guruhi tomonidan Oʻrta yer dengizi yashil parhezining konsepsiyasi taqdim etildi. Bu parhezda polifenollarning miqdori oshirilib, goʻsht esa minimal darajaga kamaytirilgan. Yongʻoq, koʻk choy, dengiz mahsulotlari, meva-sabzavotlar hamda baqatoʻndan tayyorlangan maxsus yashil ichimlik parhezning asosiy elementlari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring