Oʻzbekiston elektromobillar bozorida keskin oʻsish kuzatilmoqda

11:11 13 Mart 2026 Iqtisodiyot
160 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhiga koʻra, fevral oyida Oʻzbekistonda yengil elektromobillar segmentida oʻsish qayd etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, sotuvlar 6,9 mingtani tashkil etdi — bu oʻtgan oydagiga nisbatan 14 foizga koʻp demakdir.

“Yillik hisobda elektromobillar sotuvi 1,5 baravarga oshdi, bu esa bozorning ushbu segmenti kengayishda davom etayotganidan dalolat beradi“, — deya taʼkidladi ITIM ekspertlari.

Elektromobillar sotuvining asosiy hajmi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Fevral oyida poytaxtda qariyb 4,5 mingta elektromobil sotilgan boʻlib, bu ushbu segmentdagi jami sotuvlarning taxminan 65 foizini tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?