Miya saratonini davolashning imkoni bormi?
Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari halokatli miya saratonini davolash uchun istiqbolli yangi vaksinani yaratdi. Ushbu emlash insonning oʻz oq qon hujayralaridan immunitet tizimini “malignant glioma”larga qarshi faollashtirish uchun foydalanadi.
Aytish kerakki, “malignant glioma”lar tajovuzkor va davolash qiyin boʻlgan miya shishi boʻlib, tez oʻsadi va miya sohasidagi toʻqimalarga zarar yetkazadi. Bu xalq tilida ogʻir holatdagi miya saratoni tashxisi bilan ifodalanadi.
“Nature Communications” jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, vaksinani “poly-ICLC” bilan birlashtirish uning samaradorligini yanada oshiradi. Bu kombinatsiya immun reaksiyasini va “T” hujayralarining faolligini oshiradi hamda vaksinaning miya shishi bilan kurashish qobiliyatini yaxshilaydi.
Qayd etish kerakki, “malignant glioma”lar tajovuzkor tabiati va miyadagi joylashuvi tufayli davolash juda murakkab. Yangi vaksina oʻsimtaga qarshi immunitetni yaxshilaydiva bemorlarga umid bera oladi.
Vaksina bemorning qonidagi dendritik hujayralar (immun hujayralar) bilan birlashtirilgan miya shishi oqsillari yordamida ishlaydi. Ushbu dendritik hujayralar oʻsimta hujayralarini tanib olish va ularga hujum qilish uchun immunitet tizimini oʻrgatadi.
Kelgusi tadqiqotlar ushbu kashfiyotni amalda qoʻllash uchun strategiyalarni koʻrib chiqishga qaratiladi. Shifokorlar kelajakda ushbu kashfiyotning miya saratoniga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga poydevor boʻlishiga ishonch bildirishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring