“Misrning Oʻzbekistonga yutqazishi ajablanarli emas”
14-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatida oʻtkazilayotgan “Al Ain Cup” turniri doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Misr termasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:0 hisobida Fabio Kannavaro shogirdlarining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Garchi bosh murabbiy jamoasi oʻsha kuni asosiy tarkib bilan maydonga tushmaganini taʼkidlagan boʻlsa-da, ushbu magʻlubiyat Misr matbuotida koʻplab tanqidlarga sabab boʻldi.
Xususan, Afrikada mashhurlikka erishgan “JoyNews” nashri jurnalisti va sport sharhlovchisi Fentuo Taxiri ushbu oʻyin haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
“Kecha Misr oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekistonga 0:2 hisobida yutqazdi. Muhammad Saloh ham maydonga tushdi. Bir qarashda kutilmagan natija kabi tuyulishi mumkin. Ammo Osiyodagi bu mamlakatning rivojlanishini bilsangiz, unchalik ajablanmaysiz. Oʻzbekiston kelasi yoz oʻzining ilk Jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruhda ularga duch kelsangiz, quvonmang. Ular oson raqib emas”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring