Misrda firʼavn sarkardasining 3,2 ming yillik qabri topildi
Foto: Shutterstock
Arxeologlar Misrda taxminan 3200-yillik tarixga ega qabrni topdi. Ehtimolga koʻra, u firʼavn Ramzes III davrida xizmat qilgan harbiy qoʻmondonga tegishli boʻlishi mumkin. Bu haqda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlikka koʻra, qabr mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Tell-al-Masxuta arxeologik hududidan topilgan. Sagʻana paxsa gʻishtlardan qurilgan boʻlib, dafn xonasi va unga yondosh uchta xonadan iborat.
Uning ichkarisida tadqiqotchilar Ramzes III nomi bitilgan oltin uzuk, shuningdek, kamon oʻqlarining bronza uchlarini topishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, oʻyma naqshli kulolchilik idishlari va fil suyagidan yasalgan moʻjaz quticha topilgan.
Sopol idishlardan birida miloddan avvalgi XIII asrda hukmronlik qilgan va taxtga oʻtirgunga qadar harbiy qoʻmondon boʻlgan firʼavn Xoremxebning nomi bitilgan. Bu qabrda Xoremxebning tilga olinishi sababi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Hozircha dafn etilgan shaxsning aniq identifikatsiyasi imkonsiz boʻlsa-da, topilmalarning xarakteri va dafn etish konteksti tadqiqotchilarni qabr Ramzes III davridagi harbiy qoʻmondonga tegishli ekaniga ishontirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring