Mirzo Ulugʻbek tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Gʻoyibnazarov Bahodir Rixsialiyevich Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir Gʻoyibnazarov 1970-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.
Gʻoyibnazarov 2018-yildan beri mazkur lavozimda ishlab kelgan Shavkatbek Irgashevning oʻrnini egalladi.
U 2021-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abubakirov Bobir Yoʻldoshovich Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring