“Mirjalol Qosimovdan Eldor Shomurodovgacha”: qaysi oʻzbek futbolchilari Afrika terma jamoalari darvozasiga gol kiritgan?
Bugun, 14-noyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtayotgan tijoriy turnir doirasida Misr terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, Misr terma jamoasi Oʻzbekistonga qarshi oʻynagan Afrika mintaqasining sakkizinchi jamoasi boʻladi.
Bungacha boʻlib oʻtgan oʻyinlarda Afrika jamoalari darvozasiga eng koʻp gol kiritgan oʻzbek futbolchisi Eldor Shomurodov hisoblanadi.
Eldor 2022-yilda Ugandaga qarshi boʻlib oʻtgan bahsda 3 ta, Janubiy Sudanga qarshi oʻyinda esa 2 ta gol kiritgan.
Undan keyingi eng yaxshi natija Jaloliddin Masharipovga tegishli.
“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi ham Uganda va Janubiy Sudan termalari darvozasiga 1 tadan gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.
Shuningdek, quyidagi futbolchilar Afrika mintaqasidagi terma jamoalar darvozasiga 1 tadan gol kiritishgan:
- Mirjalol Qosimov — (Nigeriya);
- Andrey Fyodorov — (Nigeriya);
- Yegor Krimes — (Burkina-Faso);
- Otabek Shukurov — (Senegal);
- Oston Oʻrunov — (Kamerun);
- Hojimat Erkinov — (Kamerun).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring