Mirobod va Oqqoʻrgʻon tumanlaridagi bogʻchalarda roʻy bergan zaharlanishlar haqida maʼlumot berildi
AOKAda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Brifingda maʼlum qilinishicha, 26-avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 64-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 6 nafar, 247-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 2 nafar tarbiyalanuvchisi oʻtkir ichak infeksiyasi belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi.
31-avgust kuni tarbiyalanuvchilar ahvoli normallashgan va oʻz uylariga chiqarilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan oʻrganish olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari va laboratoriya javoblari asosida qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
Joriy yilning 5-10-avgust kunlari Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining jami 32 nafar tarbiyalanuvchisi intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
Mutaxassislar maʼlumotlariga koʻra, bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan.
Bugungi kunga, barcha bolalar yashash joyi boʻyicha tibbiy nazoratga olinib kasalxonadan uylariga ruxsat berildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari tugagach, maʼlumot beriladi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring