Minorai Kalonda otgan tong
Fotomuhbir - Hasan PAYDOYEV "Xalq so'zi"
O‘zbekistonning har bir go‘shasida quyosh chiqishini tomosha qilish kishiga beqiyos zavq, bitmas-tuganmas quvvat va yorug‘ umid baxsh etadi. Lekin shunday maskanlar borki, ularda subhidamda bo‘lishning o‘zi katta baxt. Buxoroning tarixiy obidalari ana shunday maskanlar mahzanidir.
Xususan, Minorai Kalon qadamjosi... Fotomuxbirimiz Hasan Paydoyev ushbu ulug‘ dargohdan turib yurtimizning go‘zal tongini tasvirga tushirdi. Quyosh go‘yoki minoraning peshonasidan o‘payotgandek taassurot qoldiradi. Shunday damda tarix va kelajak uyg‘unlashadi, bosilgan qadamlar va qilinadigan orzular bir nuqtada namoyon bo‘ladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan manzaralarda ana shu hayotiy falsafani albatta his etasiz. Oftobga qo‘shilib yuragingizda ham tong otadi.
















Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring