Mingbuloqda “Hindiston malikasi” yetishtirilmoqda

13:37 31 Iyul 2021 Iqtisodiyot
1695 0

Fargʻona vodiysi polizchiligida mingbuloqliklarning oldiga tushadigani yoʻq hisobi. Obinovvot, shakarpalak, boʻrikalla , qirqma singari qovunlarning eng sarasi mazkur tumanning saxiy yerlarida bitadi. Bu yilgi dehqonchilik ham barakali boʻldi.Barcha bozorlar rastasi shirindan-shakar qovunga toʻlgan, mahalla guzarlari, yoʻl boʻylarida ham qovun-tarvuz savdosi avjida.

Joriy dehqonchilik yilida yoshlarga 25 sotixdan yer boʻlib berilgani ham oʻz samarasini berdi. Shunday imkoniyat berilgan 120 nafar yoshning koʻpchiligi yer suygan ekin- qovunni ekib, yaxshigina hosil yetishtirdi. Ulardan biri-naymanlik Zafar Toʻychiyev omadi kelganidan xursand.

— Yerimizga qovunning asl navlaridan ekkanmiz, — deydi yosh dehqon. – Ayniqsa, «Hindiston malikasi» juda yaxshi chiqdi. Hosil kutganimizdan ham ziyoda. Ikki kunda bir, bir mashinadan qovunni bozorga chiqaryapmiz. Hozirga qadar 7 million soʻm daromad qildik. Yana 10-15 millionlik hosil bor.

Tumanda “Yoshlar daftari”dagilarga yer ajratib berilishi bir mavsumdayoq toʻla oʻzini oqladi. Koʻpchilik polizchilikdan kattagina daromad olayotgan boʻlsa, boshqalari loviya va moshdan yuqori hosil yetishtiryapti.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер