“Milliy tiklanish” partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashining Facebookʻdagi sahifasi orqali behayo surat va videolar eʼlon qilindi
Bugun Internet sayt va ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashining Facebookʻdagi rasmiy sahifasida nomaʼlum shaxslar tomonidan behayo surat va video joylangani keng muhokamalarga sabab boʻldi. Holatga partiya Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
«Maʼlumki, xalqimizning milliy qadriyatlarini asrash, yoshlar taʼlim-tarbiyasini mustahkamlash “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu maʼnoda, partiya bu harakatni partiya nufuziga qasddan putur yetkazish deb baholaydi.
Hozirda ushbu holatni oʻrganish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilingan. Oʻrganish natijalari yaqin vaqtlarda maʼlum qilinadi», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring