Milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshiriladi

20:12 13 Mart 2026 Hujjatlar
463 0

“Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–103-son, 13.03.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

— har 2-yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini oʻqitib borish imkonini yaratish;

— yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish.

Qaror bilan Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi.

2026-yil 1-apreldan boshlab Institutda quyidagi kurslar tashkil etiladi:

— vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq maʼlumotlar portali bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimlari uchun har 2-yilda shartnoma asosida 48 soatgacha boʻlgan malaka oshirish kurslari;

— statistika hisobotlarini taqdim etuvchi subyektlar, jumladan, tadbirkorlar uchun zarur amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha oʻquv kurslari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?