Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
2025-yil 4-5-oktyabr kunlari geografiya, kimyo va matematika fanlaridan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan olishlari mumkin boʻladi.
Ushbu ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.
Shu yilning 4-5-oktyabr kunlari 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish boshlanadi.
Jumladan, 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. 1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
2-smena uchun soat 13:00 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. 2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
Test topshiruvchilarga imtihon oʻtkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga oʻxshash) olib kelmaslik tavsiya etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring