Milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilinmoqda
Shu yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari ona (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilinmoqda. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Talabgorlar oʻz natijalarini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin boʻladi.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan boʻlib, talabgorlarga toʻplagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
- 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball — A daraja;
- 60 — 64,9 ball — B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball — B daraja;
- 50 — 54,9 ball — C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball — C daraja.
Shuningdek, sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud oʻquvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring