Milliarder Shodiyev Sirdaryodagi bunyodkorlik ishlari uchun 40 milliard soʻm mablagʻ ajratdi
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Shu yil 9 aprel kuni milliarder Fattoh Shodiyev tomonidan tashkil etilgan “Shodiyev xalqaro fondi” delegatsiyasi Guliston shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolarini Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev qabul qildi.
Uchrashuvda asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyati aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, vohada keng koʻlamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun jamgʻarma tomonidan 40 milliard soʻm mablagʻ ajratishga qaror qilganligi bildirildi.
Eʼtiborlisi, mazkur uchrashuvdan koʻp oʻtmay, yaʼni bugun mazkur mablagʻning qariyb 30 milliard soʻmi viloyatdagi maxsus hisob raqamga kelib tushdi.
Aytish lozimki, ushbu homiylik sarmoyasi “Obod qishloq” dasturi doirasida chekka qishloqlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini, avtomobil yoʻllarini, oqova suv tizimlarini mukammal taʼmirlashishlariga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, mablagʻning bir qismi Prezidentimiz tashabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan “Xovos city” qurilish majmuasiga sarflanishi ham koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, milliarder Fattoh Shodiyev ilk ish faoliyatini Sirdaryo viloyatida boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring