MIB mansabdori pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Majburiy ijro byurosi mansabdori pora bilan qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʻlum qilinishicha, Fargʻona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshligʻi oʻz xizmat vakolatidan foydalangan holda, boʻysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ijro varaqasi boʻyicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda koʻchirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.
Joriy yilning 3-iyun kuni u talab qilingan pul mablagʻidan 1,2 ming dollarini pora sifatida olgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring