Meva-sabzavot moʻl boʻladi
Samarqand viloyatida joriy yilda 20 ming 337 gektar asosiy yer maydoniga ekilgan sabzavot mahsulotlaridan 350 ming 970 tonna, 1 ming 23 gektar poliz ekinlaridan 26 ming 89 tonna hamda 8 ming 122 gektar kartoshkadan 84 ming 942 tonna sifatli hosil yetishtirish rejalashtirilgan.
Aholini sifatli va arzon qishloq xoʻjaligi va oziq- ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida mavjud 62 ming 202 gektardagi bogʻ va tok qator orasining 25 ming gektarida sabzavot, poliz, kartoshka va moyli ekinlar yetishtirilmoqda.
Jumladan, Samarqand tumanida 2021-yil hosili uchun 1 ming 400 gektar maydonda sabzavot ekinlari ekilgan boʻlib, 312 gektarda pomidor, 135 gektar bodring, 120 gektar sabzi, 63 gektar piyoz, 49 gektar karam, 40 gektar koʻkatlar 300 gektar qalampir, 225 osh lavlagi, 129 toʻqsonbosti ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish yuzasidan astoydil mehnat qilinmoqda.
Ayni kunlarda “Navroʻz” agrotexservis agrofirmasi hududidagi “Orif Hasanov”, «Aʼzam Azamat agro», “Gulobod” agrotexservis agrofirma hududidagi «Majidov Xalil MIX», «Yangiariq agrotexservis agrofirma hududidagi «Barotbobo» fermer xoʻjaliklari tomonidan ertagi sabzavot ekinlari hosili yigʻishtirib olinib, «Agromir» hamda «Sam Fruiyt» qoʻshma korxonalarida sanoat usulida chuqur qayta ishlanib, eksportga yoʻnaltirilmoqda.
Shuningdek, Samarqand tumanida 290 gektar issiqxona xoʻjaliklari mavjud boʻlib, shundan 27 gektari Janubiy Koreya, 4 gektari Xitoy, 2 gektari Turkiya texnologiyasi asosida barpo etilgan. Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor, bodring va boshqa turdagi sabzavotlar eksportga yoʻnaltirilmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring