Metan “zapravka”lar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

19:55 04 Mart 2026 Jamiyat
472 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi sababli metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab oshgan. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha respublikadagi metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi.

“Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz taʼminoti bilan taʼminlashga qaratilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda taʼminlanadi.

Energetika vazirligi, shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?