Messi Pekin aeroportida ikki soat ushlab turildi
Videodan kadr
AQSHning «Inter Mayami» futbol klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xitoy chegarasidagi pasport tekshiruvida muammoga duch keldi. Bu haqda Rosario nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, Messi Argentina terma jamoasi bilan 15 iyun kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvda ishtirok etish uchun Xitoyga uchib kelgan. Ammo u Ispaniya fuqaroligi aks etgan pasportda Pekinga uchib kelgan. Xitoyda Ispaniya fuqarolari mamlakat hududiga kiriishi uchun viza olishi kerak bo‘ladi. Argentina fuqarolari esa juda ko‘p davlatlarga vizasiz kirgani kabi Xitoyga ham vizasiz borishi mumkin. Shu bois terma jamoa ma’murlari bu masalaga ortiqcha e’tibor qaratmagan. Messi esa Argentina fuqaroligi bo‘yicha pasportini uyida qoldirgan bo‘lgan.
Natijada, Pekin chegara posti xodimlari ikki soat mobaynida «PSJ» sobiq futbolchisini ushlab turishgan. Migrasiya xizmati Messiga tezkor viza qilib bergach, futbolchi qo‘yib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi bir vaqtning o‘zida Argentina va Ispaniya pasportiga ega. Yevropada legionre maqomida emas, mahalliy o‘yinchi sifatida o‘ynash maqsadida u Yevropa Ittifoqi uchun amal qiladigan ispan pasportini ham olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring