Messi Maradonaning rekordini yangiladi
Illyustrativ foto
Shu yilning 30-noyabr kuni Qatardagi “974” stadionida jahon chempionati “S” guruhi 3-turidan oʻrin olgan Polsha va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu oʻyin Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uchun jahon chempionatlaridagi 22 uchrashuv boʻldi va bu natija bilan u hamyurti, afsonaviy futbolchi Diyego Maradonadan oʻzib ketdi. Maradona jahon chempionatlarida 21 uchrashuvda oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan.
Polshaga qarshi uchrashuvda Messi oʻz hisobida gol ham yozib qoʻyishi mumkin edi. Lekin u raqib darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Oʻyinda argentinaliklar 2:0 hisobida gʻalabaga erishdi va guruh bosqichini birinchi oʻrinda yakunladi va 1/8 finala avstraliyalik futbolchilarga qarshi maydonga chiqadigan boʻlishdi.
Mazkur oʻyin 3-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring