Messi “Inter Mayami” bilan dastlabki sovrinini qoʻlga kiritdi

13:30 07 Dekabr 2025 Jamiyat
424 0

Bugun, 7-noyabr kuni MLS kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Leonel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” jamoasi “Vankuver” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 3:1 hisobida mayamiliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblar safidan Rodrigo de Paul va Tadeo Alyende mualliflik qildi. Yana bir gol esa Ediyer Okampo hisobiga avtogol sifatida yozildi. “Vankuver”ning yagona javob goliga Ali Axmad mualliflik qildi.

Shu tariqa “Inter Mayami” jamoasi musobaqaning gʻolibi boʻldi. Taʼkidlash kerakki, bu orqali Leonel Messi mazkur jamoa tarkibidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritdi. Jordi Alba va Serxio Buskets kabi futbolchilar esa bugun faoliyatidagi soʻnggi oʻyinida maydonga tushishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер