“Mers Trampning kodini topdi” — Germaniya kanslerining Vashingtonga tashrifi muhokamalarga sabab boʻlmoqda
Foto: AP
Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga birinchi tashrifi AQSH matbuoti tomonidan ijobiy reaksiyaga sabab boʻldi.
Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga ilk tashrifi AQSH matbuotida ijobiy munosabat bilan kutib olindi. “The New York Times” gazetasi “Mers Trampning kodini topdi” — uning tashqi koʻrinishi, ajoyib ingliz tili va biznes tajribasi AQSH prezidentini shu qadar hayratda qoldirdiki, u uni “Germaniyaning eng yaxshi imijining timsoli” sifatida koʻrdi” deya yozdi.
Shuningdek, Mers Trampga ramziy sovgʻa, yaʼni bobosining Germaniyada tugʻilganligi haqidagi guvohnomani taqdim etdi. Bundan tashqari, kansler AQSHda yigʻilgan BMW mashinasini boshqarishini aytgan. Vashingtondagi uchrashuv Yevropada ham qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Mersga Tramp bilan har doim ham aloqa oʻrnatishga muvaffaq boʻlmagan boshqa davlat rahbarlaridan tabriklar kelgani maʼlum.
“Germaniyada boʻlib oʻtgan federal saylovlardan soʻng AQSH prezidenti va Yevropaning eng muhim kontinental hamkori Germaniya hukumati rahbari oʻrtasida mustahkam shaxsiy munosabatlarni oʻrnatish vaqti keldi. Bu tanqidiy tashqi sharoitlarda nisbiy normallikni oʻrnatish haqida”, — dedi Germaniyaning Vashingtondagi sobiq elchisi Volfgang Ishinger.
U shu oʻrinda Trampning eʼtibori tufayli Yevropa ichida raqobatni boshlanishidan ham ogohlantirdi. Ishingerning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa Tramp bilan 27 har xil ovozda gaplashsa, u shunchaki tinglanmaydi.
“Bild” maʼlumotlariga koʻra, Mers boj va Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda mavjud masalalarni ilgari surishda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring