Mergan qizimiz Muxtasar Tohirova Tokio-2020dagi ishtirokini tugatdi

12:41 31 Iyul 2021 Sport
944 0

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova oʻz chiqishlarini yakunladi. Bugun u 50 metrdan 3 holatda oʻq otish dasturida qatnashdi, deb xabar berdi MOQ.

Vakilamiz har uch mashqlar yakuni boʻyicha 1155 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu bilan u ushbu dasturni 30-natijada yakunladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiadaga 2 ta litsenziya olgan Tohirova bungacha 10 metr masofada oʻtkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?