“Mening yurtim” telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 11-avgust kuni Intellektual mulk agentligiga “Oʻzbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi”ning oʻz aʼzolarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushdi.
Murojaatda “Mening yurtim” telekanali tomonidan “Oʻzbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi”ning oʻz aʼzolariga tegishli boʻlgan kinofilmlar ularning ruxsatisiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatilganligi taʼkidlangan.
Intellektual mulk agentligi tomonidan maʼlum qilinishicha, murojaatni oʻrganish natijasida unda keltirilgan holatlar oʻz tasdigʻini topgan.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.
Shu sababli, Agentlik tomonidan “Mening yurtim” telekanali masʼul shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilib, maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqish uchun tegishli sudga oshirilgan.
Mazkur maʼmuriy ish materiallari 2021-yilning 15-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, “Mening yurtim” telekanalining mansabdor shaxsiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-(1)-moddasi birinchi qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanilgan.
Oldinroq Intellektual mulk agentligi tomonidan respublikamizdagi barcha telekanallarning masʼullariga oʻz faoliyati davomida boshqalarning mualliflik huquqlariga qatʼiy amal qilish kerakligi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish natijasida ularga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllanilishiga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring